Главная » 2021 » Май » 19 » Maktablardagi yakuniy imtihonlar masalasiga oydinlik kiritildi
13:17

Maktablardagi yakuniy imtihonlar masalasiga oydinlik kiritildi


Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova maktablarda yakuniy imtihonlar bo‘yicha savolga javob qaytardi.

«Joriy yilda ham o‘tgan yildagi kabi maktablardagi yakuniy imtihonlar bekor qilinadimi, degan savolga, yo‘q bekor qilinmaydi. Bu yil barcha umumta’lim maktablarida bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz», — dedi XTV matbuot kotibi.

Imtihonlar o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash va karantin qoidalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi nazoratga olinadi.

Vazirlik axborot xizmatiga ko‘ra, imtihonlar o‘quv yili yaunlanganidan so‘ng, ya’ni 25-maydan keyin o‘tkaziladi. Har bir maktabda imtihonlar boshlanishidan kamida 10 kun oldin imtihon o‘tkazish jadvali barcha uchun ko‘rinadigan joyiga osib qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda karantin sabab imtihonlar bekor qilingan va baholar uchinchi chorak ballari asosida chiqarilishi tavsiya etilgandi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Maktablardagi, Yakuniy, imtihonlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя