Главная » 2020 » Март » 21 » Malayziyalik sayyohlar O‘zbekistonda koronavirus tarqatgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi
18:34

Malayziyalik sayyohlar O‘zbekistonda koronavirus tarqatgani haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritildi


Malayziyadan 27 kishilik sayyohlar guruhi 13 mart kuni O‘zbekistonga kirib kelgan va ular Toshkent, Qarshi, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lishgan. Ulardan birida kasallikka xos belgilar kuzatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Malayziyadan koronavirusga chalinib kelgan sayyohlar O‘zbekistonda bu kasallikni boshqalarga tarqatgani to‘g‘risida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Vaziyatga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘landik:

 – Chindan ham Malayziyadan 27 kishilik sayyohlar guruhi 13 mart kuni O‘zbekistonga kirib kelgan va ular Toshkent, Qarshi, Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlarida bo‘lishgan. 18 mart kuni ular poyezdda Samarqanddan Toshkent tomon kelayotgan paytlarida mehmonlardan birida kasallikka xos belgilar – tana harorati oshishi, tomoq og‘rig‘i, umumiy holsizlik kuzatilgan.

Bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga xabar berilganidan so‘ng shifokor va epidemiologlardan iborat maxsus guruh ularni kutib olgan. Bemor 18 mart kuni soat 20:00da “Toshkent” vokzalidan zudlik bilan Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida tibbiy nazorat uchun yotqizilgan.

Vagonda bo‘lgan 26 nafar Malayziya fuqarolari maxsus ajratilgan joyda karantinga yotqizildi va ulardan ham tekshirish uchun namunalar olindi.

Shukrki, u bemorga koronavirus yuqqanligi tasdiqlanmadi, qolgan 26 nafar mehmonda ham bu kasallik aniqlanmadi. Shundan so‘ng bugun tongda barcha mehmonlar o‘z yurtlariga kuzatib qo‘yildilar.

Malayziyalik mehmonlar shifokorlarimizning ularga ko‘rsatgan e'tiboridan, barcha chora-tadbirlar o‘z vaqtida va tartib bilan o‘tkazilganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar hamda jarayonda ishtirok etganlarni xalqaro aloqalar qayta tiklanganidan so‘ng o‘z yurtlariga borishga taklif etdilar – dedi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя