Главная » 2020 » Декабрь » 21 » “Malika”da o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan tugadi
21:41

“Malika”da o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan tugadi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi oldida bir yigit boshqa birini orqasidan kelib, pichoq bilan zarba bergani aks etgan video tarqalgandi.

Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, hodisa joriy yilning 8 dekabr kuni soat 13:40 da sodir bo‘lgan. 21 yoshli Saidahmad X. Shayxontohur tumani Taxtapul mahallasi Kichik xalqa yo‘li ko‘chasida joylashgan “Malika savdo majmuasi”ning asosiy kirish darvozasi oldida 27 yoshli Rustam M. bilan janjallashib, janjal davomida qo‘lidagi “pakki” pichog‘i bilan fuqaro Rustam M.ning bel va o‘ng lunj sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Rustam M.ning tanasida “bel sohasi chap yarmi sanchib kesilgan jarohati. O‘ng lunj sohasi kesilgan jarohat”lari mavjudligi, ular og‘irlik darajasi bo‘yicha “o‘rtacha og‘ir” tan jarohatlari hisoblanishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pichoqbozlik, Malika, Janjal | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя