Главная » 2017 » Май » 10 » “Malika” savdo markazidagi firibgarlik
18:27

“Malika” savdo markazidagi firibgarlik


2016 yil sentabr oyida muqadda sudlanmagan yakka tadbirkor A.S. (1994 yilda tug‘ilgan) Toshkent shahridagi “Malika” savdo markazida firibgarlik jinoyatiga qo‘l urgan.

Ma’lum bo‘lishicha, u fuqarolar A.H. va O.A. ishonchiga kirib, ularga BAAning Dubay shahridan Iphone-6 rusumli telefon apparati olib kelib berishini aytib, biridan 7 500 000 so‘m, boshqasidan 32 960 000 so‘m miqdorida pul olgan. Lekin jami 40 460 000 so‘m mablag‘ni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Shuncha payt mobil aloqa vositasi kelishini kutgan jabrlanuvchilar oxiri joriy yilning 23 aprel kuni IIBga murojaat qilishgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Malika savdo markazi, firibgarlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя