Главная » 2021 » Март » 11 » Manba: Messi ikki yildan keyin o‘tadigan klubni ma’lum qildi
17:42

Manba: Messi ikki yildan keyin o‘tadigan klubni ma’lum qildi


«Barselona» hujumchisi Lionel Messi faoliyatini Amerikada davom ettirishi mumkin.

Cadena SER’ning xabar berishicha, futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi «PSJ» rahbariyati bilan o‘g‘lining Parijga ko‘chib o‘tishi masalasida uchrashuv o‘tkazishi kutilgandi. Biroq Kataloniya klubi prezidentlik saylovlarida Joan Laporta g‘olib bo‘lgach, Messi tez orada yangi rahbariyatning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini eshitadi.

Qayd etilishicha, Messi yozda klubda qolish masalasida qanday qarorga kelishidan qat’i nazar argentinalik futbolchi 2 yildan keyin AQShning «Inter Mayami» klubiga o‘tishi aniq. Lionel 2023 yilda MLSga ko‘chib o‘tish masalasida klub egasi Devid Bekhem bilan kelishuvga erishgan.

Avvalroq, «Barsa» prezidenti Joan Laporta Lionel Messini klubda olib qolish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishi haqida gapirgandi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, Manba, klubni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя