Главная » 2018 » Апрель » 16 » “Manchester Siti” — Angliya chempioni
12:48

“Manchester Siti” — Angliya chempioni


“Manchester Siti” 2017/18-yilgi mavsumda Angliya premyer ligasi chempioniga aylandi.

34-turda doirasida kecha, 14-aprel sanasida “Manchester Siti” safarda “Tottenhem”ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Bugun esa ikkinchi o‘rindagi Joze Mourinyo boshliq “Manchester Yunayted” o‘z uyida so‘nggi o‘rindagi “Vest Bromvich”ga 0:1 hisobida​ yutqazib qo‘ydi.

Chempionat tugashiga 5 ta tur qolgan bir pallada Xosep Gvardiola jamoasi “Yunayted”dan 16 ochkoga oldinlab ketdi va muddatidan avval chempionlikni hal etdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” o‘z tarixida beshinchi bor Angliya chempioni degan unvonga sazovor bo‘ldi (1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14, 2017/18).

Pep Gvardiola “Siti” bilan chempion bo‘lgunga qadar, Ispaniyada “Barselona” bilan (3 marta), Germaniyada esa “Bavariya” (3 marta) bilan mamlakatda tengsiz bo‘lishga erisha olgan edi. Shu tariqa Gvardiola 3 ta top-ligada chempion bo‘la oldi. Undan avval bunday natijani Karlo Anchelotti ( 4 ta ligada — Angliya, Italiya, Fransiya, Germaniya) hamda Joze Mourinyo (3 – Angliya, Italiya, Ispaniya) qayd eta olgandi.

Pep murabbiylik faoliyatida 23 ta sovrinni qo‘lga kiritishga ulgurdi. Joze Mourinyo esa shu kunga qadar 25 ta sovringa ega chiqqan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Angliya chempioni, Manchester Siti | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя