Главная » 2020 » Июль » 11 » «Manchester Yunayted» darvozaboni De Xea o‘rnatgan rekordi uchun kechirim so‘radi
10:36

«Manchester Yunayted» darvozaboni De Xea o‘rnatgan rekordi uchun kechirim so‘radi


«Manchester Yunayted» posboni David de Xea Angliya Premer-ligasining 34-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng (3:0) klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan xorijlik maqomiga ega bo‘ldi. Va buning uchun kechirim so‘radi...

De Xea manikunianliklar safida 399-o‘yinini o‘tkazdi va daniyalik Peter Shmeyxelning natijasini (398 o‘yin) yangiladi. Shmeyxel klub safida 1990-yillarda o‘ynagan.

«Shmeyxeldan kechirim so‘rayman. Ammo natijamdan faxrlanaman», — dedi golkiper klub saytiga bergan intervyusida. — «Klubda shuncha o‘yin o‘tkazganimdan xursandman. «Yunayted» safida yana 400 ta o‘yin o‘tkazishga umid qilaman».

Eslatib o‘tamiz, De Xea «Manchester Yunayted» safiga 2011-yilda kelib qo‘shilgan. O‘tgan yillar davomida klub bilan yettita sovrin yutgan, bular orasida Angliya chempionligi va kubogi, Yevropa ligasi g‘olibligi bor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: kechirim so‘radi, darvozaboni, De Xea, o‘rnatgan rekordi, «Manchester Yunayted» | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя