Главная » 2018 » Май » 5 » “Manchester Yunayted” debyutantlarga ochko ulashishda davom etdi
10:42

“Manchester Yunayted” debyutantlarga ochko ulashishda davom etdi


Bugun, 5 may kuni Angliya chempionatining 37-turiga start berildi.

Ushbu turning dastlabki bahsida “Brayton” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib kichik hisobda ustun keldi.

57-daqiqada urilgan gol “Brayton”ni har tomonlama kelasi mavsum APLdan tushib ketmasligini ta’minlab berdi. Kris Xyuton boshchiligidagi jamoa 37 o‘yindan so‘ng 40 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

“Manchester Yunayted” esa joriy mavsum APLning barcha debyutantlari – “Xaddersfild”, “Brayton” va “Nyukasl”ga imkoniyatni boy berdi.

APL. 37-tur.
“Brayton” – “Manchester Yunayted” 1:0.
Gol: Gross (57).

“Brayton”: Rayan, Saltor, Daffi, Dank, Bong, Knokert, Stivens, Propper, Iskerdo (March, 88), Gross (Kayyal, 84), Myurrey (Uloa, 90).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Darmian (Shou, 68), Smolling, Roxo (Maktomini, 76), Yang, Fellayni (Lingard, 68), Matich, Pogba, Mata, Reshford, Marsyal.

Ogohlantirishlar: Myurrey (47), Gross (67).

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: yer qimirladi, O‘zbekiston | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя