Главная » 2019 » Декабрь » 27 » Mandarin po‘stlog‘i: Undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?
21:23

Mandarin po‘stlog‘i: Undan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin?


Yangi yil bayrami arafasida juda ko‘p miqdorda mandarin iste’mol qilinib po‘choqlari tashlab yuboriladi. Mandarin po‘choqlarini tashlab yuborishga shoshilmang. Undan talqon tayyorlab, foydalaning. Foydalarini sanab o‘tishdan avval, talqon tayyorlashni o‘rganamiz: mandarin po‘choqlari yaxshilab yuviladi. Tozalanadi. Xona haroratida quritilib, biroz qotiriladi. Keyin kofe maydalagichda talqon holiga keltiriladi. Biror idishga solib qo‘yilsa, uzoq muddat buzilmaydi. Turaveradi. Ma’lumki mandarin po‘stida odam uchun foydali moddalar jamlangan, ustiga-ustak apelsin po‘stiga o‘xshab achchiq esmas.

Qanday foydalari bor?

1.  Mandarin talqonidan choy damlashda ozgina qo‘shilsa, u yoqimli hid beradi.
2.  Pishiriqlarga qo‘shish mumkin. 
3.  Go‘sht uchun o‘ziga xos ziravor vazifasini bajaradi. 
4.  Shamollab qolganda damlab ichilsa, juda foydali. Shamollashga qarshi damlamani tayyorlash juda oson: 1 oshqoshiq mandarin talqoni bilan 1 stakan suv 5 daqiqa qaynatiladi va 2 soat o‘rab, dimlab qo‘yiladi. Har safar ovqatdan oldin bir-ikki qoshiqdan ichilsa, tez ta’sir ko‘rsatadi.
5.  Yuzni yoshartiruvchi niqob tayyorlash mumkin: talqon, qaymoq va tuxum sarig‘i 1 choyqoshiqdan solinib aralashtiriladi va yuzga suriladi. 5 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.
6.  Har kuni ertalab mandarin talqoni solingan suvda yuz yuvilsa, tozalovchi kremlardan ham yaxshi ta’sir qiladi.
7.  Mandarin po‘chog‘ining o‘zi kuyalarga qarshi samarali vosita. Uni shunchaki javonning u yer, bu yeriga qo‘yilsa, bas.
8.  Mandarinning quritilgan po‘choqlari choyshab, yostiq jildlari, ichkiyimlar orasida saqlansa, kiyimlardan ajoyib hid taraladi. 

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя