Главная » 2018 » Август » 26 » “Maqsad” filmining premerasi sanasi ma’lum bo‘ldi
08:15

“Maqsad” filmining premerasi sanasi ma’lum bo‘ldi


Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ko‘magida suratga olingan detektiv-triller janridagi "Maqsad" badiiy filmining keng jamoatchilik uchun premera qilinadigan sanasi ma’lum bo‘ldi. Kartina premerasi 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, 15 sentyabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Ushbu filmda korrupsiya illati sabab, o‘z vaqtida fosh etilmagan, aksincha uni yashirish ortidan baxtli bir oilaning taqdiriga nuqta qo‘yilishiga sabab bo‘lgan qonli jinoyat va uni fosh etishda ichki ishlar tizimida halol mehnat qilib, adolat qaror topishiga hissasini qo‘shib kelayotgan vijdonli xodimlarning mahorati namoyon etilgan. Undagi voqealar bugungi hayotimizda ro‘y beradi. Ammo uning tomiri bevosida 90 yillarga borib taqaladi. Shu sabab syujetlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan 3 ta alohida yo‘nalish bo‘ylab rivojlanib boradi. Zamonaviy o‘zbek kinosiga xos bo‘lmagan ushbu uslubdan detektiv-triller janridagi "Maqsad" filmida mohirona foydalanilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Film rejissyori Rustam Meliev, unda bosh rollarni Seydulla Moldaxanov, Tohir Saidov, Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Yulduz Rajabova, Nigora Karimboyeva, Anvar Kartaev va Jamshid Asadovlar ijro qilishgan.


Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: filmining, ma’lum bo‘ldi, premerasi, Maqsad, sanasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя