Главная » 2016 » Ноябрь » 13 » Marhum diktor Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi
20:45

Marhum diktor Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li uylandi


O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov 2015 yilning 31 dekabr kuni 56 yoshida olamdan o‘tgan edi. Taniqli diktor millionlab teletomoshabinlar xotirasida samimiy tabassumi, ravon talaffuzi, salobati bilan qoldi.
 
Suxandonning eng yaqin do‘stlaridan biri, safdoshi, hamkasbi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev o‘z xotiralarida Abdumo‘min O‘tbosarov vafotidan avval hovli qurgani, to‘y qilish niyatida yurgani, biroq o‘zi o‘g‘lining to‘yiga yeta olmaganini aytgan edi.
 
Kecha, 12 noyabr kuni O‘tbosarovlar xonadonida karnay-surnay navolari jarang sochdi. Abdumo‘min O‘tbosarovning o‘g‘li Jamshid uylandi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
 
To‘yga o‘zbek shou-biznesning eng yorqin vakillari, Abdumo‘min O‘tbosarovni hurmat qilgan, e’zozlagan ijodkorlar tashrif buyurib, O‘tbosarovlar oilasini ushbu quvonchli kun bilan qutlashdi. Toshkentdagi “Zebu zar” restoranida bo‘lib o‘tgan visol oqshomiga suxandonning shogirdlari, yosh boshlovchilar ham tashrif buyurishgan.
 
Darvoqe, O‘zbekiston xalq artisti Abdumo‘min O‘tbosarov yaqinlari, qarindoshlari, do‘stlariga o‘z o‘g‘lining to‘yida boshlovchilik qilish niyati borligi haqida aytgan ekan. Afsus... Minglab odamlarning baxtli kunida quvonchlariga sherik bo‘lgan diktor o‘g‘lining to‘yini ko‘rmay ketdi. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Abdumo‘min O‘tbosarov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя