Главная » 2021 » Октябрь » 8 » Markus Reshford doktorlik unvoniga sazovor bo‘ldi
17:49

Markus Reshford doktorlik unvoniga sazovor bo‘ldi


Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi 23 yoshli futbolchisi Markus Reshford Manchester universitetining faxriy doktorlik unvoni bilan taqdirlandi. U bu natija bilan Manchester universiteti tarixidagi eng yosh sovrin sohibiga aylandi.

Universitet rasmiy saytining xabar berishicha, nufuzli mukofot unga doimiy ravishda amalga oshirgan xayriya ishlari va bolalar kambag‘alligiga qarshi yuqori darajada kurashgani sababli topshirilgan. Mukofot topshirilish jarayonida klubning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson ham shaxsan ishtirok etib, Rashfordni tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Markus ushbu mukofotni olgan “Manchester Yunayted” tarixidagi 3-futbolchi bo‘ldi. Bungacha “qizil iblislar” safida ushbu sovrinni Ser Aleks Fergyusson hamda Ser Bobbi Charlton qo‘lga kiritgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Markus Reshford, doktorlik, sazovor, unvoniga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя