Главная » 2017 » Апрель » 8 » ​Mart oyida Toshkent shahrida 116 ta jinoyat fosh etildi
12:56

​Mart oyida Toshkent shahrida 116 ta jinoyat fosh etildi


Har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarraligini ta`minlash maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida mart oyining o`zida fosh etilmay qolgan jinoyatlarning 116 tasi fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan brifingda ma`lumot berildi.

Shulardan 26 ta jinoyat 31 martdan 6 aprelga qadar, xususan, hafta davomida 1 ta qasddan og`ir tan jarohati etkazish, 2 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik, 16 ta o`g`rilik, 5 ta firibgarlik va 1 ta giyohvandlik vositalari bilan qonunga hilof ravishda muomala qilish jinoyatlari issiq izidan fosh etildi.

Shuningdek mart oyida 510 nafar, hafta davomida 28 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkent shahri, ​Mart oyi, jinoyat, fosh etildi, 116 ta | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя