Главная » 2017 » Март » 30 » Martning so‘nggi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?
22:20

Martning so‘nggi kunida ob-havo qanday bo‘ladi?


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 31 mart kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, havo bulutli bo‘ladi. Harorat kunduzi +17... +19, kechasi esa +4... +6 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo bulutli bo‘ladi. Harorat +15... +20, kechasi esa +5...+10 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda havo o‘zgarib turadi. Samarqandda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi +15... +20, kechasi esa +3... +8 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +15... +20, kechasi 0... +5 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +3... +8 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +17... +22, kechasi +5... +10 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя