Главная » 2020 » Август » 21 » Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar
21:58

Mashhurlik olib kelgan rolini yoqtirmaydigan aktyorlar


Shou-biznes vakillar muvaffaqiyatli karyerani istaydi. Ayrim yulduzlar esa filmdagi ijrosi omad olib kelgan bo‘lsa ham o‘sha rolini yoqtirmaydi. Buning sababi nimada? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Xolli Berri — “Mushuk ayol”

Rejissor Pitof mushuk ayol haqida film suratga olmoqchi bo‘lganda hech kim ushbu rolni Xollichalik qoyillatmaydi deb o‘ylagan. Ushbu loyihada ishtiroki aktrisani erining xiyonatidan yuzaga kelgan depressiyadan qutulishiga yordam bergan. Ammo bu vaqtda Xolli “Mushuk ayol” karyerasidagi eng yomon ijro bo‘lishini bilmagan. Kinolenta “Oltin malina” taqdirlash marosimiga nomzod bo‘lgan, aktrisa bo‘lsa “Eng yomon ayol ijro” nominatsiya bo‘yicha mukofot qo‘lga kiritgan. U taqdirlash marosimiga “Oskar” statuetkasi bilan birga tashrif buyurgan va mazkur loyiha karyerasini barbod qilishini kutmaganini ta’kidlagan.

Robert Pattinson — “Sumerki”

“Sumerki” filmidagi ijrosidan keyin mashhurlikka erishgan aktyor aynan shu filmdagi ijrosini eng ko‘p yomon ko‘rishi kimni xayoliga kelibdi deysiz? Ma’lumotlarga ko‘ra Robert ssenariy va uning muallifi Stefani Mayer hamda o‘z qahramoni Edvard Kallendan ko‘ngli to‘lmagan. Aktyorning aytishiga qaraganda, ssenariyda Edvard obrazi har tomonlama mukammal qilib tasvirlangan va Robert bunday mukammal bo‘la olmagan. Shu sabab ham u ssenariyni o‘qish davomida qahramonini ko‘proq yomon ko‘rgan. Aktyor qanday fikrda bo‘lmasin bir narsa aniq, aynan ushbu filmdagi roli unga mashhurlikka olib kelgan. Bundan tashqari u birinchi sevgisini ham aynan ushbu filmning suratga olish maydonchasida uchratgan.

Megan Foks — “Transformer”

Rejissor Maykl Beyning taklifiga binoan Megan Foks “Transformer”da rol ijro qilishi ma’lum bo‘lganda ko‘pchilik uni bunday muhim ishni eplay olishiga ishonmagan. Lekin Megan rolini mahorat bilan ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan va loyihaning yuziga aylangan. Ammo uchinchi qismni suratga olinishi arafasida Megan film haqida salbiy fikr bildirib, rejissorni Gitler bilan qiyoslagan. Shundan keyin prodyusser Stiven Spilberg uni loyihadan chiqarilishini talab qilgan.

Keyt Uinslet — “Titanik”

Jahon kinosanoatining eng muvaffaqiyatli filmlaridan biri “Titanik”dagi ijrosidan Keyt Uinsletning ko‘ngli to‘lmasligiga ishonish qiyin. Aktrisa muxlislaridan qahramoni Rouz haqida eslatmasliklarini so‘raydi va filmdagi roli suratiga dastxat qo‘yishdan bosh tortadi. Bundan tashqari u filmdagi o‘xshamagan amerikancha aksenti bilan so‘zlashgani sabab “Titanik”ni tomosha qilishni ham istamaydi. My heart will go on saundtreki yangrashi bilan esa titrab ketadi.

Shon Konneri — “Jeyms Bond”

Ushbu filmdagi ijro sabab Shon jahonda mashhurlikka erishgan va muxlislari yodida agent 007 bo‘lib qolgan. Lekin aktyorning o‘ziga ushbu rol yoqmagan. “Men lan’ati Jeyms Bondni doim yomon ko‘rganman. Uni o‘ldirishni istagan bo‘lardim”, — degan Shon.

Jessika Alba — “Fantastik to‘rtlik”

Ushbu filmdagi ijrosi sabab nafaqat loyihadagi ishtirokidan hafsalasi pir bo‘lgan, balki tanlagan kasbidan ham shubhalangan. Uning aytishiga qaraganda film rejissori Jessika qanday bajarish mumkinligini bilmagan ko‘rsatmalarni bergan. Masalan, Jessikaning tabiiy yig‘lashi yoqmagan va undan chiroyliroq ko‘z yosh to‘kishini so‘ragan.

Deniel Redkliff — “Garri Potter va tilsim shahzodasi”

Garri Potterni Denielsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aktyorning o‘zi esa oltinchi qismdagi ijrosidan uyaladi va unda o‘zini juda ham yomon ijro qilgan deb hisoblaydi. Eng yaxshi ijrosini esa filmning beshinchi qismi deb biladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: yoqtirmaydigan, aktyorlar, rolini, Mashhurlik olib kelgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя