Главная » 2020 » Март » 1 » Mashina haydash vaqtida infarkt alomatlari paydo bo‘lsa o‘zini qanday tutish kerak
22:17

Mashina haydash vaqtida infarkt alomatlari paydo bo‘lsa o‘zini qanday tutish kerak


Moskvadagi 13-shahar klinik shifoxonasining shoshilinch kardiologiya bo‘limi boshlig‘i Alfred Bogdanov haydovchilarga infarkt holatiga avtomobildagi aptechkada nitroglitserin saqlashni tavsiya qildi.

«Infarkt holatida haydovchi yo‘l chetida to‘xtab, xavfsiz holatni egallashi lozim, chunki gemodinamika [qonning tomirlar orqali oqishi] buzilishi jadal kechishi mumkin va haydovchi harakatlanish vaqtida hushini yo‘qotishi mumkin. Agar haydovchi yurak ishemik kasalligidan aziyat cheksa va uning yonida nitroglitserin yoki «Nitrosprey» bo‘lsa, ulardan foydalanish lozim», deb tavsiya qilgan shifokor.  

«Agar bunday vaziyatda qo‘l ostida biror dori vositasi bo‘lmasa, unda tez yordam chaqirtirish va siptomatik yordam ko‘rsatish lozim. Agar odam hushini yo‘qotgan bo‘lsa, unda qayt boshlanib, nafas yo‘li berkilib qolmasligi uchun uni yonboshiga yotqizib, tez yordam kelishini poylash lozim», deb tavsiya qilgan kardiolog. 


Manba: "kun.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя