Главная » 2020 » Февраль » 20 » Masjidning pullarini o‘g‘irlagan yoshlar ushlandi
19:56

Masjidning pullarini o‘g‘irlagan yoshlar ushlandi


Internetda ikkita yosh yigitning xayr-ehson qutilarini ochib, u yerdagi pullarni o‘g‘irlashgani haqida video paydo bo‘ldi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi “Abu Hurayra” masjidining qorovuli o‘g‘irlik haqida xabar beradi. Masjid imom-xatibi va qorovulning so‘zlariga ko‘ra, qutilarda 300 ming so‘mga yaqin pul bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tekshiruv davomida o‘g‘irlik 5-6 fevralga o‘tar kechasi sodir bo‘lganligi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yoshli Mirzohid D. tomonidan sodir etgan. Suhbat davomida yoshlarning aytishicha, ular bitta qutini ochishgan, pullarni olishgan va voqea joyidan g‘oyib bo‘lishadi. Keyinchalik pulni o‘zaro bo‘lib olishadi, har biriga 215000 so‘mdan tegadi.

“Suhrobjon va Mirzohidning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-moddasi ("O‘g‘irlik") bo‘yicha deb topildi va materiallar Uchtepa tumani Ma’muriy sudiga yuborildi”, deyiladi xabarda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя