Главная » 2017 » Апрель » 15 » Mavluda Asalxo‘jayeva betob. Shunda ham xonanda yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi
21:12

Mavluda Asalxo‘jayeva betob. Shunda ham xonanda yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi


O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva bugun saytimiz orqali navbatdagi qo‘shig‘ini muxlislari e’tiboriga taqddim etmoqda.

Tinib-tinchimas xonandaning navbatdagi sho‘x taronasi “Ana-ana” deb nomlangan. Mazkur qo‘shiqning so‘z va musiqa muallifi – Bahodir Nizomov. Musiqiy sayqal esa Umid Obidovga tegishli.

Xonanda biz bilan suhbatda ayni damda biroz betobligini ma’lum qilar ekan, shu kunlarda yangi musiqiy albom ustida ish boshlaganini, undan 2000 yilgacha kuylagan qo‘shiqlari o‘rin olishini ma’lum qildi.

“Qo‘plab eski qo‘shiqlarimiz hamon muxlislarning tilidan tushmay kelmoqda. Yillar o‘tgan sayin musiqa janrlari o‘zgarib, u davrgi qo‘shiqlarning musiqiy sifatiga biroz ta’sirini ko‘rsatgan. Shu sabab eski qo‘shiqlarimizni yangi aranjirovka kuylashni boshladik”, deydi xonanda.

Mavluda Asalxo‘jayevaning tandirdan endigina uzilgan “Ana-ana” nomli qo‘shig‘ini esa saytimizning musiqa bo‘limida tinglash va ko‘chirib olish imkoniyatiga egasiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: betob, Xonanda, Mavluda Asalxo‘jayeva, taqdim etdi, Shunda ham, yangi qo‘shiq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя