Главная » 2017 » Март » 24 » Mavluda Asalxo‘jayevaning ishi sudgacha yetib bormay hal bo‘ldi
14:04

Mavluda Asalxo‘jayevaning ishi sudgacha yetib bormay hal bo‘ldi


Avvalroq, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mavluda Asalxo‘jayeva to‘y-hashamlarda ayollar libosini kiyib, pardoz-andoz bilan Asalxo‘jayevaning qo‘shiqlari fonogrammasiga og‘iz qimirlatib yurgan yigitni sudga bermoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Mavluda Asalxo‘jayeva bilan bog‘landik.

“Sizlarning saytingizda chiqqan xabardan keyin o‘sha taqlidchi yigit uyimga keldi, uzr so‘radi. To‘ylarda qilayotgan taqlidi menga bezarar ekanini tushuntirishga harakat qildi. Shunday bo‘lsa-da, erkak kishining ayollar libosini kiyib, mening qo‘shiqlarim fonogrammasiga og‘iz qimirlatib turishiga qarshiman. Muxlislarim ham buni yoqlamayapti.

Boburga rozi emasligimni aytdim va endi to‘ylarda Mavluda Asalxo‘jayeva sifatida namoyon bo‘lmaslikka va’da berdi. Bilishimcha, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi vakillari ham u bilan tushuntirish ishlarini olib borishdi. Ko‘ramiz, natija qanday bo‘larkin”, deydi Mavluda Asalxo‘jayeva.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Mavluda Asalxo‘jayeva, sud | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя