Главная » 2018 » Декабрь » 21 » "Mavsum xitlari" taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
20:24

"Mavsum xitlari" taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi


20 dekabr kuni "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyida "Mavsum xitlari" taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Konsertda ko‘plab, xonandalar, aktyor va aktrisalar tashrif buyurishdi. Taqdimot a’lo darajada o‘tkazildi.

Dastur avvalida Umar Shamsiev, Sanjar Halikov, Mahliyo Omon, Mustafo, Jasur Mavlonov, OAZIS guruhi va boshqa bir qator yosh xonandalar ijrosida "Mavsum xitlari" madhiyasi kuylandi. Qo‘shiq so‘ngida "O‘zbekkonsert" davlat muassasi konsert-tomosha faoliyatini lisenziyalash bo‘limi boshlig‘i Furqat Shavazov bir qator ijodkorlarni diplomlar bilan taqdirladi. Shundan so‘ng, taqdimot marosimi boshlandi. Ilk "Mavsum xitlari" madhiyasining muallifi Ilhom Mamatov taqdirlandi.

Maftunkor Shahzoda "Men o‘sha" klipi uchun taqdirlandi. Mukofotni klipmeyker Sanjar Matkarimov topshirdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz "Jonon" klipi uchun taqdirlandi. Estalik sovg‘alarni qorqiz obrazida namoyon bo‘lgan Xalimaxon va qorbobo Dilshodbek Kattabekov topshirdi. Xonanda Manzura "Sevib adashdim" klipi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. Ularga statuetka va estalik sovg‘alarni aktyor Umid Iskandarov topshirdi.

Xonanda Sardor Mamadaliev "Ay yay yay" ya’ni "Bevafo" klipi uchun taqdirlandi va mukofotni Ilhom Mamatov topshirdi. Via Marokand "Malikam" klipi uchun mukofotni qo‘lga kiritdi va ularga estalik sovg‘alarni Sardor Komilov topshirdi. Doston Ubaydullaevning "6 xonadon" klipi eng yaxshi kliplarlan deb topildi va sovg‘alarni Dilshodbek Kattabekov topshirdi. Xonanda Zohirshox Jo‘raevga esa Musaxon Nurmatov tomonidan sovg‘alar topshirildi. "Mavsum xitlari" taqdimot marosimida Munisa Rizayeva, Shohruhxon, Ulug‘bek Rahmatullaev, Sarvar va Komil, Bahrom Nazarov, Ziyoda, Rayhon, Jasur Mavlonovlar ham mukofotlarni qabul qilishdi. Taqdimot so‘ngida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov "Mendirman o‘sha" klipi uchun taqdirlandi. Mukofotni Yodgor Sa’diev topshirdi. Taqdimot davomida mehmon san’atkorlar ham bo‘ldi. Jumladan Mahliyo Omon, Shahriyor, Tohir Sulton, Diyor guruhi. Barcha taqdirlangan xonandalar ham xit bo‘lgan qo‘shiqlarini kuylab, muxlislarini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklashdi. Taqdimotni Dilmurod G‘ulomov va Ra’no Alimovalar olib borishdi.


Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: bo‘lib o‘tdi, taqdimot marosi, Mavsum xitlari | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя