Главная » 2020 » Сентябрь » 10 » Mavsumiy gripp va koronavirus birgalikda katta xavf keltirib chiqaradi
15:48

Mavsumiy gripp va koronavirus birgalikda katta xavf keltirib chiqaradi


Kuz fasli kirib kelishi bilan, mavsumiy kasalliklar “hujum”ga o‘tadi. Dunyoda koronavirus pandemiyasi hukmronlik qilayotgan paytda odamlar, o‘zlarini nafaqat COVID-19'dan, balki kuz-qish mavsumida uchraydigan boshqa gripp viruslaridan ham himoya qilishi kerak.

“Bir vaqtning o‘zida koronavirus va gripp yuqtirish juda xavfli. U o‘lim ehtimolini kuchaytirishi mumkin", deydi oliy toifali otorinolaringolog-shifokor Vladimir Zaysev. Bu haqda "Izvestiya" ma'lumot bermoqda. 

U gripp pnevmoniyani yanada og‘irlashtirishi hamda bronxlar va o‘pkada muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini eslatdi. 

Ikki virusning birlashishi sodir bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘ladi va bu sog‘liq uchun o‘ta xavfli.

 

“Natijada odam ikkita o‘ta yoqimsiz va xavfli holatni boshdan kechiradi, tanasiga ikki baravar bosim tushadi”, dedi Zaysev. 

Bir vaqtning o‘zida ikkita infeksiyani yuqtirganlik o‘zini dimog‘da noqulaylik, yo‘tal, bo‘g‘ilish hissi va boshqa belgilar bilan namoyon qiladi.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, zaif, keksa va harakatsiz odamlar bu xavfga ko‘proq moyil bo‘lishadi. Yaxshi uxlash va sport bilan shug‘ullanish organizmdagi infeksiyani yengishga katta yordam beradi. 

Avvalroq, Rossiyaning N.F. Gamaley nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqot markazi olimlari bir vaqtning o‘zida inson organizmida grippga va koronavirus infeksiyasiga qarshi immunitetni yaratishmoqchi ekanligi ma’lum qilingandi.

Tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburgning ta’kidlashicha, bunday vaksinani ishlab chiqarishdan oldin klinik sinovlar o‘tkaziladi. Ammo bunday dorining paydo bo‘lish vaqti haqida gapirishga hali erta. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Mavsumiy, Gripp, birgalikda, keltirib chiqaradi, katta xavf, Koronavirus | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя