Главная » 2020 » Ноябрь » 27 » Maxsus komissiyaning qarori: 1-dekabrdan yana bir faoliyat turiga ruxsat berildi
21:42

Maxsus komissiyaning qarori: 1-dekabrdan yana bir faoliyat turiga ruxsat berildi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1-dekabridan yurtimizda elektron sportni yanada rivojlantirish maqsadida kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi, deya xabar berdi SSV.

Bunda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:

  • fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
  • xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
  • har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 С va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’yektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
  • har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash kabi qator sanitariya talablariga rioya qilinishi belgilab qo‘yildi.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 1-dekabrdan, faoliyat turiga, ruxsat berildi, qarori, Maxsus komissiyaning | Рейтинг: 5.0/1

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя