Главная » 2018 » Июнь » 14 » Maxsus sirtqi bo‘limlar qaerlarda tashkil etilishi haqida ma’lumot berildi
12:53

Maxsus sirtqi bo‘limlar qaerlarda tashkil etilishi haqida ma’lumot berildi


Adliya vazirligi ta’lim sohasidagi qonunchilik bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn muloqotda maxsus sirtqi bo‘limlar uchun qabul qaysi ta’lim muassasalarida tashkil etilishi haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, maxsus sirtqi bo‘limlar Prezidentnig 2018 yil 4 iyundagi qaroriga asosan bu yil 22 ta oliy ta’lim muassasasida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilib, ularga qabul kvotasi 11 765 ta etib belgilandi.

Ularning 11 750 tasi to‘lov-kontrakt, 15 tasi davlat granti asosida qabul qilinadi.

Xususan quyidagi oliy ta’lim muassasalarida ko‘rsatilgan kvota bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlarga talabalar qabul qilinadi:

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — 100;

Toshkent davlat pedagogika universiteti — 1 120 (Toshkent shahar — 810, Termiz filali — 310);

Andijon davlat universiteti — 750;

Buxoro davlat universiteti — 720;

Guliston davlat universiteti — 600;

Qarshi davlat universiteti — 690;

Namangan davlat universiteti — 750;

Samarqand davlat universiteti — 750;

Termiz davlat universiteti — 960 (Termiz shahar — 660, Denov filiali — 300);

Farg‘ona davlat universiteti — 690;

Urganch davlat universiteti — 690;

Navoiy davlat pedagogika instituti — 600;

Nukus davlat pedagogika instituti — 750;

Jizzax davlat pedagogika instituti — 750;

Qo‘qon davlat pedagogika instituti — 750;

Chirchiq davlat pedagogika instituti — 690;

Toshkent davlat agrar universiteti — 25;

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti — 50;

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 100 (15 tasi davlat granti asosida);

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti — 90;

Navoiy davlat konchilik instituti — 90;

Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi — 50.

Akmalxon Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: maxsus sirtqi bo‘lim, tashkil etilishi, ma’lumot berildi, qaerlarda, haqida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя