Главная » 2020 » Август » 24 » Maykl Jeksonning sirli kundaligi topildi. Unda qanday haqiqat yashirin?
22:04

Maykl Jeksonning sirli kundaligi topildi. Unda qanday haqiqat yashirin?


Maykl Jeksonning fermasidan qo‘shiqchining ilgari noma’lum bo‘lgan kundaligi topildi.

Yozuvlarda qo‘shiqchi “The Beatles” va Elvis Preslini qattiq tanqid qilgan, deb yozmoqda xorijiy Internet nashrlar.

Ta’kidlanishicha, Maykl Jeksonning ushbu kundaligidagi yozuvlar 1987 yildan yozila boshlangan.

Manbalarga ko‘ra, Maykl o‘z kundaligida mashhur “The Beatles” guruhi va "sahna qiroli" Elvis Preslini qattiq tanqid qilgan va ularni shunchaki omadli deb qaytgan etgan holda “Agar ular qora tanli bo‘lganlarida, dunyo ularni tan olmasdi”, deya ta’kidlagan.

Xususan, qo‘shiqchi “The Beatles” guruhi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Bu yigitlar zo‘r bo‘lishgan, lekin ular qora tanlilarga qaraganda yaxshiroq qo‘shiqchi yoki raqqoslar bo‘lishmagan”.

“Qora tanli musiqachilar sun’iy ravishda orqa fonga "itarilgan”, deb yozgan Maykl Jekson buni tan olish qanchalar og‘ir ekanligini bayon etarkan.

Elvis Presliga kelganda esa Maykl yanayam sovuq munosabatda bo‘lgan:

“Elvis Qirol emas. Gap mening unga nisbatan yomon munosabatimda emas, balki Birinchi qora podshohning vaqti kelganida...”, deya yozgan.

Qayd etilishicha, Maykl Jekson fermasidagi tintuvlar voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiqlarni tergov qilish munosabati bilan olib borilgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: topildi, haqiqat, sirli, Maykl Jeksonning, yashirin, kundaligi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя