Главная » 2021 » Январь » 2 » Mazali, ammo xavfli: 50 yoshdan keyin voz kechish kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot
20:44

Mazali, ammo xavfli: 50 yoshdan keyin voz kechish kerak bo‘lgan 5 ta mahsulot


Yosh ulg‘aygan sari salomatlik ko‘proq ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Modda almashinuvining sekinlashuvi, gormon ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar — bularning barchasi iste’mol qilinayotgan mahsulotlarga qarab o‘zgaradi. 50 yoshdan keyin sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish juda muhim hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ayollar menopauzadan o‘tib, tananing muhim funksiyalari, ayniqsa yurak-qon tomir tizimini qo‘llab-quvvatlovchi estrogen kamayishiga duch kelmoqda. Shuning uchun ham 50 yoshdan keyin ayrim mahsulotlarni ozroq iste’mol qilish, imkoni bo‘lsa, ratsiondan chiqarib tashlash kerak.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Kolbasa mahsulotlarini qancha kam iste’mol qilsa, shuncha yaxshi. Ushbu mahsulotlar rasmiy ravishda kanserogen moddalar sifatida tan olinganligi bilan bir qatorda, ichak saratoni xavfini ham sezilarli darajada oshiradi. Ularning tarkibida natriy va trans yog‘lari ko‘p bo‘lib, bularning hammasi yurak, qon tomirlari va ovqat hazm qilish tizimi a’zolari salomatligi uchun xavflidir.

Baton nonlari

Afsuski, sog‘lom hatto foydali ko‘rinadigan baton va oq nonlar shakarning bir qismiga aylanib, qonda qand miqdorining o‘sishiga olib keladi. Bu orqali organizmda qandli diabet xavfi oshadi.

Yog‘siz sut mahsulotlari

50 yoshdan keyin tana uchun eng keraklisi — kalsiydir. Menopauza davrida u faol ravishda yo‘qotiladi. Kalsiyni esa sut mahsulotlaridan olish eng yaxshi usul hisoblanadi. Ammo kalsiy yog‘siz va D vitaminisiz so‘rilmaydi. Bu sut va undan tayyorlangan mahsulotlarda kuzatiladi. Shuning uchun sut mahsulotlarini qabul qilishda e’tiborli bo‘lish lozim.

Qadoqlangan sharbat va tayyor smuzilar

Qadoqlangan meva sharbatini muntazam ichish yurak xastaliklari xavfini ikki marotaba oshiradi. Bu kabi sharbatlar tarkibida qand miqdori ko‘p bo‘lib, tolaga emas, glyukoza miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi. Smuzilarda esa sog‘liq uchun zararli bo‘lgan sun’iy qo‘shimcha moddalar mavjud.

Qahva ichimliklari

Latte, kapuchchino, frapuchchino va boshqa qahvalar qanchalik mazali bo‘lsa, yaxshisi, ulardan uzoqroq turish kerak. Aslida ular bir stakan qahva emas, haqiqiy kaloriya hisoblanadi. Bundan tashqari ta’m uchun qo‘shiladigan shakarli siroplar tarkibi tufayli ko‘pincha xavfli kasalliklar, shu jumladan, qandli diabet va saratonning ayrim turlari rivojlanishi mumkin.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: mahsulot, xavfli, voz kechish, Mazali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя