Главная » 2021 » Сентябрь » 5 » Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz jangdan so‘ng vafot etdi
12:42

Meksikalik 18 yoshli bokschi qiz jangdan so‘ng vafot etdi


Joriy yilning 2 sentyabr kuni meksikalik bokschi qiz Zakarias Sapata jangda olgan jarohatidan so‘ng, vafot etdi. Bu haqda “People” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Zakarias Sapata joriy yilning 28 avgust tongida Kanadada Mari Per-Holga qarshi ringga ko‘tarilgan va jang paytida xushini yo‘qotib, koma holatiga tushib qolgan. 

Oradan 5 kun o‘tib, sportchi Monrealdagi yurak kasalliklari shifoxonasida vafot etgan. Qayd etish kerakki, uning yoshi 18 da edi.

“Jenet Zakarias Sapata bugun tushdan keyin 15:45 da vafot etganini biz uning oila a’zosi vakilidan chuqur qayg‘u va azob bilan bilib oldik. Biz uning oilasiga, yaqinlariga, do‘stlariga va ayniqsa u bilan so‘nggi daqiqalarga qadar birga bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Jovani Martinesga chuqur hamdardlik bildirmoqchimiz”, deb yozadi Yvon Mishel o‘z bayonotida.

Ma’lumot o‘rnida, Yvon Mishel bevaqt o‘lim topgan meksikalik qizning jangida promouterlik qilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: bokschi, jangdan so‘ng, Qiz, vafot etdi, Meksikalik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя