Главная » 2016 » Октябрь » 26 » Melis Abzalov Shvesiyada dafn etiladi
13:23

Melis Abzalov Shvesiyada dafn etiladi


Yurak hurujidan vafot etgan taniqli rejissyor Melis Abzalov Shvesiyaning Stokgolm shahrida dafn etiladi. Bu haqda rejissyor Ali Hamroyev o‘zining Facebook`dagi sahifasida ma’lum qildi. 

“Melis Abzalov bilan vidolashuv marosimi 26 oktabr kuni Yevropa vaqti bilan soat 11:00 da Stokgolm shahridagi Kungsängen kyrkogård Kyrkvägen 35 musulmonlar qabristonida bo‘lib o‘tadi. Shvesiyada marhumning o‘g‘li va qizi yashaydi. Uning olti nafar nabirasi va olti nafar chevarasi bor.  

Rejissyorning oilasi ota va bobosini uning eng yaqin insonlari yashaydigan joyga dafn etishga qaror qildi”,—deb yozadi Ali Hamroyev. 

Toshkent shahrida Melis Abzalovning qarindoshlari 26 oktabr kuni soat 2:00da Muhammad Yusuf ko‘chasi 68 uy 1 xonadonda vidolashishadi. 

Melis Abzalovning o‘limi haqida rejissyor Ali Hamroyevga uning qizi qo‘ng‘iroq qilib, ma’lum qildi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: dafn etiladi, Melis Abzalov, Shvesiya | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя