Главная » 2020 » Апрель » 30 » Meni ikkinchi muddatga saylanishimga Xitoy to‘sqinlik qilmoqda – Tramp
15:38

Meni ikkinchi muddatga saylanishimga Xitoy to‘sqinlik qilmoqda – Tramp


AQSH Prezidenti Donald Trampning fikricha, Xitoy yangi pandemiyani uning ikkinchi muddatga saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshlagan. Bu haqda bugun, 30 aprel kuni “Reuters” agentligi xabar qildi.

“Xitoy men bu saylovda yutqazishim uchun hamma narsani qilishga tayyor. Ular doimiy ravishda o‘zlarini aybsizdek tutadi“, deydi Tramp.

Shu bilan birga, Tramp Xitoyni koronavirus pandemiyasining barcha holatlari oshkor qilinmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi bilan qo‘rqitdi. Tramp bir necha kun oldin Xitoydan olgan qarzlarini qaytarmaslik bilan tahdid ham qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp Xitoyni koronavirus xavfini erta oldini olmaganlikda va ma’lumotlarni yashirayotganlikda ayblamoqda. Shuningdek, Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini Xitoyga bu ishda ko‘maklashganida va pandemiya xavfidan erta ogohlantirmaganlikda ayblab uni moliyalashtirishni to'xtatdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 1 064 572 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 147 411 nafari sog‘aygan, 61 669 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 855 492 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Tramp, Xitoy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя