Главная » 2020 » Ноябрь » 12 » Messi "Barselona"da qolish uchun o‘z shartlarini aytdi
11:34

Messi "Barselona"da qolish uchun o‘z shartlarini aytdi


"Barselona" klubi sardori Lionel Messi Kataloniyani tark etmasligi va hattoki faoliyatini "ko‘k-anorranglilar" safida yakunlashi mumkin. Buning uchun...

Xabar berishlaricha, argentinalik futbolchining ispan grandi bilan shartnomasini uzaytirish mezonlari ma’lum bo‘ldi.

Birinchisi, uning jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ko‘rsatkichi. Ikkinchisi, Jozep Bartomeu o‘rniga klubga boshqa prezidentning kelishi. Uchinchisi - sifatli transferlar.

Messi shu mavsum oxirida qaror qabul qiladi. Shuningdek, Leo uchun "Barselona" sport direktori va bosh murabbiy lavozimlarini kim egallashi ham muhimligi qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Messi «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga e’tibor bermay, butun e’tiborini futbolga qaratmoqchi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: aytdi, shartlarini, messi, Barselona | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя