Главная » 2021 » Январь » 31 » Messi darg‘azab: unga xiyonat qilishdi
19:54

Messi darg‘azab: unga xiyonat qilishdi


Avvalroq Ispaniyaning «El Mundo» nashri argentinalik hujumchi Lionel Messi Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan tuzgan shartnomasi qiymatini e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Hujjatga ko‘ra, argentinalik futbolchi qariyb 556 million yevro ishlab topadi.

Ispaniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi klub bilan tuzgan shartnomasi tafsilotlari nashr etilganidan xabar topgach, tepa sochi tikka bo‘ldi. Endi u «ko‘k anor ranglilar» safini aniq tark etishi mumkin.

«Football-espana» xabariga ko‘ra, Leo klubda kimdir unga xiyonat qilganiga ishonchi komil. Do‘stlari bilan suhbatda u vaziyatni sharmandali hol deb atagan. Messining g‘azabini tushunsa bo‘ladi: shartnomadagi ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi: ular sir tutilishi zarur.

Argentinalik futbolchi avval ham klubni tark etish istagi borligini yashirmagan: chunki u bu yerda o‘zini baxtiyor his qilmay qo‘ygan. Biroq bu holat masalaning hal qilinishini tezlashtirib yuborishi hech gap emas. Futbolchining amaldagi shartnomasi shu yilning yoz oyida tugaydi. Shundan so‘ng u erkin agentga aylanadi. OAV xabarlariga ko‘ra, unga ikki klub da’vogarlik qilmoqda: «Manchester Siti» va «PSJ».


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, darg‘azab, Xiyonat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя