Главная » 2020 » Август » 9 » Messi koronavirusdan 100% asraydigan buyum sotib oldi
14:50

Messi koronavirusdan 100% asraydigan buyum sotib oldi


«Barselona» futbol jamoasining argentinalik hujumchisi Leonel Messi antikoronavirus matrasini xarid qildi. Bu haqda kuni kecha «Mundo Deportivo» xabar bergan.

Nashrning yozishicha, matras to‘qimalarida nanozarralar bo‘lib, ular to‘rt soat davomida virusni yo‘q qiladi. Ta’kidlanishicha, koronavirusdan himoya qilish ehtimoli 99,8%ga baholangan.

Aprel oyida «BeSoccer» portali «ProFootballDB» bilan hamkorlikda XXI asrning eng yaxshi futbolchilari reytingini tuzgandi. Unda Messi birinchi o‘ringa sazovor bo'lgan.

COVID-19 kasalligini chaqiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusi o‘tgan yili dekabr oyida tarqala boshladi. Infeksiya o‘chog‘i Xitoyning Uxan shahri hisoblanadi. Kasallik bir necha oy ichida dunyoning 210 ta davlatini qamrab oldi. 11-mart kuni JSST koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: koronavirusdan, messi, asraydigan, 100%, sotib oldi, buyum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя