Главная » 2021 » Май » 16 » Messi «Manchester Siti»dan qancha maosh talab qilyapti?
17:01

Messi «Manchester Siti»dan qancha maosh talab qilyapti?


Britaniyaning The Sun nashri argentinalik hujumchi Lionel Messi Angliya klubiga o‘tadigan bo‘lsa, «Manchester Siti»da qancha pul olishni xohlashini aniqladi.

Manbaga ko‘ra, 33 yoshli argentinalik futbolchi Angliya grandidan haftasiga 500 ming funt maosh talab qilmoqda: bu yiliga 25 million degani.

Agar «Siti» rahbarlari ushbu shartlarga rozi bo‘lsalar, argentinalik hujumchi Premer-liga tarixidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

O‘tgan yili 33 yoshli hujumchining «Barselona» rahbariyati bilan munosabatlari yomonlashdi. Mavsum boshlanishidan oldin Kataloniya klubi afsonasi «Barselona»ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabar futbol olamini larzaga soldi. Argentinalikning o‘zi 2021-yil iyun oyida tugaydigan shartnoma yakuniga qadar ko‘k anor ranglilar sharafini himoya qilishni davom ettirishga qaror qildi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, Manchester Siti, maosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя