Главная » 2021 » Сентябрь » 26 » Messi Parijdan uyni “arendaga” oladigan bo‘ldi. Ijara haqi qancha?
16:52

Messi Parijdan uyni “arendaga” oladigan bo‘ldi. Ijara haqi qancha?


PSJ hujumchisi Lionel Messi Parijdan o‘ziga uy topdi. Hozirda futbolchining oilasi mehmonxonada yashayapti, lekin tez orada Messi shaharning eng obro‘li hududlaridan birida ijaraga uy oladi. “RMC Sport” xabariga ko‘ra, ijara miqdori oyiga 20 ming yevrodan oshmaydi.

Messining yangi uyi ikki qavatli bo‘lib, umumiy maydoni 300 kvadrat metrni tashkil qiladi. Uyning ichida to‘rtta yotoqxona, tashqarida esa kichik bog‘ mavjud. E’tiborlisi, Messining qo‘shnilari argentinalik Anxel Di Mariya va Leandro Paredes hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Messi Parijning chekka hududida joylashgan xonadonni ijaraga olmoqchi bo‘lgan. Biroq, uning egasi mijozning yulduzlik maqomini bilib, ijara haqini sezilarli darajada oshirib yuborgan. Bundan tashqari, futbolchining oilasi 48 million yevroga baholangan saroyga ko‘chib o‘tish variantini ham ko‘rib chiqqan.

Ma’lumot uchun, Messining PSJdagi yillik maoshi 50 million yevroni tashqil qiladi. Bu argentinalik forvard klubda kuniga 136 ming yevro ishlab topadi, degani. Bundan tashqari, uning o‘z biznesi va reklama shartnomalari mavjud. “Forbes” talqiniga ko‘ra, Messining 2021 yildagi daromadi 110 million dollarga teng.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: arenda, MESSI, Parij | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя