Главная » 2020 » Декабрь » 22 » Messi qaysi klubga o‘tish masalasida bir qarorga kelgan
22:37

Messi qaysi klubga o‘tish masalasida bir qarorga kelgan


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi katta ehtimol bilan 2021 yilning yozida Kataloniya klubini tark etadi. Bu haqda Ispaniyaning “El Chiringuito” nashri xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi hozirga kelib faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga kelgan. Qayd etilishicha, futbolchi Milanning “Inter” klubiga o‘tishni istamoqda.

Shunga qaramay, “Manchester Siti” klubi Messini Angliya Premer-ligasiga olib kelish borasida ishlarni boshlab yuborgan. Klub egasi shayx Mansur argentinalikni o‘z klubi safiga qo‘shib olish uchun mablag‘ ajratishga tayyorligi haqida rahbariyat va Gvardiola bilan gaplashgan.

Avvalroq, 33 yoshli goleadorga “Manchester Siti"dan tashqari, “PSJ” va “Inter” klublari ham qiziqish bildirgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsumda La Ligada 13 o‘yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. Futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga yetadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: masalasida, klubga, qarorga, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя