Главная » 2021 » Февраль » 24 » Messi samolyotini Argentina prezidentiga ijaraga berdi
11:15

Messi samolyotini Argentina prezidentiga ijaraga berdi


Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi o‘z shaxsiy samolyotini mamlakat prezidenti Alberto Fernandes foydalanib turishi uchun taqdim etdi. Davlat rahbari samolyotda Meksikaga borib keladi.

Meksika mustaqilligining 200 yilligini nishonlamoqda.

Prezident samolyotni 4 kunga ijaraga oldi. Buning uchun 160 ming dollar to‘laydi. Ma’lumotlarga qaraganda, Messining samolyoti koronavirusdan himoyalanish bo‘yicha barcha shart-sharoitlarga ega.

15 million dollarlik samolyot Argentinada ro‘yxatga olingan. Odatda u Messi tug‘ilib o‘sgan shahar Rosariodagi aeroportda turadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: messi, Argentina, prezidentiga, samolyotini, ijaraga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя