Загрузка...
Главная » 2018 » Май » 15 » Messi — top-5 chempionatlarining eng yaxshi o‘yinchisi. Ronaldu 16-o‘rinda
21:48
Messi — top-5 chempionatlarining eng yaxshi o‘yinchisi. Ronaldu 16-o‘rinda

«CIES Football Observatory» markazi reytingida «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kuchli beshlik chempionatlarining 2017/18 yilgi mavsumida eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Qayd etilishicha, reytingga eng yaxshi besh ligada maydonda 1800 daqiqadan kam o‘ynamagan va yuqori natija ko‘rsatgan o‘yinchilar kiritilgan.

Messidan keyin pog‘onani «Manchester Siti» futbolchisi David Silva, uchinchi o‘rinni ega «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala egallagan.

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ro‘yxatning 16-pog‘onasida, «Napoli» hujumchisi Lorenso Insine bilan birga qayd etilgan.

Ro‘yxatning kuchli o‘nligi quyidagicha:

1. Lionel Messi («Barselona»),
2. David Silva («Manchester Siti»),
3. Paulo Dibala («Yuventus»),
4. Serxio Aguero («Manchester Siti»),
5. Nikolas Otamendi («Manchester Siti»),
6. Muhammad Saloh («Liverpul»),
6. Fernandino («Manchester Siti»),
8. Kevin De Bryoyne («Manchester Siti»),
9. Rahim Sterling («Manchester Siti»),
10. Robert Levandovski («Bavariya»).


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | Просмотров: 166 | Добавил: ADMIN | Теги: 16-o‘rinda, Top-5, Ronaldu, MESSI, eng yaxshi o‘yinchisi, chempionatlar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |