Главная » 2021 » Июнь » 14 » Messi ushalmagan orzusi haqida gapirdi
14:52

Messi ushalmagan orzusi haqida gapirdi


“Barselona”ning argentinalik yulduzi Lionel Messi terma jamoadagi faoliyati va kelajagi xususida fikr bildirdi. Bu haqida “The National” nashri xabar berdi.

“Menimcha, endi bor harakatni ishga solish vaqti keldi. “Kopa Amerika”dagi muvaffaqiyatsizliklar juda ko‘payib ketdi, bunga chek qo‘yishimiz kerak. Argentina bilan sovrin yutish – bu mening azaliy ushalmagan orzuim. Men bunga ko‘p bora juda yaqin kelganman, lekin har gal finish chizig‘iga kelganimda yutuqni boy berganman. To‘g‘ri hamma narsa o‘zimga bog‘liq emas, butun jamoa yaxshi o‘ynashi lozim, axir butun mamlakat ularga ko‘z tikib turadi”, deydi Messi.

Shuningdek, u klub va individual darajadagi barcha sovrinlarni yutganidan xursandligini, so‘nggi istagi terma jamoasi bilan sovrin yutish ekanligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi so‘nggi 10 yil ichida 2 ta “Kopa Amerika” finalida mag‘lub bo‘ldi, shuningdek 2014 yilgi Jahon Chempionati finali ham boy berilgan.


Manba: "qalampir.uz"
| Теги: orzusi, messi, ushalmagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя