Главная » 2022 » Октябрь » 26 » Messi YeChLda Ronalduni ortda qoldirib, noodatiy rekordlar oʻrnatdi
12:14

Messi YeChLda Ronalduni ortda qoldirib, noodatiy rekordlar oʻrnatdi


Lionel Messi “Makkabi”ga qarshi oʻyinda Chempionlar ligasi rekordlarini yangiladi.

PSJning argentinalik hujumchisi, 35 yoshli Lionel Messi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida Xayfaning “Makkabi”siga (7:2) qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar boʻyicha noodatiy rekord oʻrnatdi.

Opta Joeʼning twitterda maʼlum qilishicha, Messi uchun jarima maydonchasi tashqarisidan urilgan gol uning ushbu turnirda, faoliyatidagi 23-gol boʻldi.

2004/2005 yilgi mavsumda Lionel Chempionlar ligasida debyut qilganidan beri boshqa undan boshqa hech kim bunday koʻrsatkich qayd etmagan. Krishtianu Ronalduda bitta gol kam (22).

Shuningdek, Lionel Messi bir oʻyinda ikki marta gol urgan va ikki golga assistentlik qilgan (35 yosh, 123 kun), YeChL tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi.

Bundan tashqari Messi joriy mavsum TOP-5 chempionatlari ichida ikki koʻrsatkich (gol+assist) boʻyicha 10+ natija qayd etgan ilk futbolchi boʻldi.

Maʼlumot oʻrnida, Messi joriy mavsumda PSJ safida barcha turnirlar doirasida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Uning parijliklar klubi bilan shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgan va transfer narxi 50 million yevroga baholangan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: YeChLda, qoldirib, rekordlar, ortda, noodatiy, Ronalduni, oʻrnatdi, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя