Главная » 2018 » Март » 14 » Messimi yoki Azar? Kunning eng muhim o‘yini arafasida
22:22

Messimi yoki Azar? Kunning eng muhim o‘yini arafasida


Bugun Chempionlar ligasida nimchorak finalning yana ikki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. «Barselona» «Kamp Nou»da «Chelsi»ga qarshi, «Beshiktosh» «Vodafone»da «Bavariya»ga qarshi javob uchrashuvlarida maydonga tushadi.

BARSELONA – ChELSI
15 mart. Barselona. «Kamp Nou». 00.45
Birinchi o‘yin – 1:1.

Kunning intrigali o‘yini Kataloniya poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Barcha hakam hushtagi yangrashi va futbolchilar o‘zaro jang boshlashini kutmoqda. Bu o‘yinga mezbonlar yetakchisi Lionel Messi ko‘p farzandli oila boshlig‘i sifatida tushib keladi. «Chelsi»dan bu o‘yinda matonat ko‘rsatish talab etiladi. Antonio Konte Ernesto Valverdeni o‘z qoidalari bo‘yicha o‘ynashga majbur qila oladimi?

«Stemford Brij»da o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda mezbonlar «Barselona» bilan tengma-teng o‘ynashgandi. Faqat Kristiansen yo‘l qo‘ygan bitta xato tufayli g‘alaba boy berilgandi.

Maydon egalari safida tarkibga Inesta ham qaytmoqda. Ammo bu o‘yinda Kante ham o‘ynasa, Andreasning o‘zini ko‘rsatish imkoniyatlari pasayishi tayin. Shuningdek, London klubi safida Azar va Villian ham juda yuqori formada. Ayniqsa, kataloniyaliklar jamoasi bosh murabbiyi Villiandan cho‘chimoqda: «Villian ko‘p gol uryapti. Albatta uni diqqat bilan qo‘riqlashimiz lozim, chunki u hozir juda yaxshi jismoniy holatda. Biroq, «Chelsi» faqat Villiandan iborat emas. Bu jamoa Angliyaning amaldagi chempioni ekanini unutmaylik».

Lekin aytish kerakki, «Barselona»ga qarshi o‘yinda raqib jamoaning har bir futbolchisi bir bosh yuqori o‘yin ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

Aks holda o‘tgan haftalarda «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinlarda bo‘lgani kabi «Chelsi»ga kuch yetmay qolishi mumkin. Qolaversa, shanba kuni «Kristal Pelas» ham Kontega muammolar tug‘dirdi. Taqqoslab ko‘ring, Zaa va van Anholt qaerdayu, Messi va Suares qaerda.

Taxminiy tarkiblar:
«Barselona»: ter Stegen; Roberto, Pike, Umtiti, Alba; Paulino, Rakitich, Buskets, Gomesh; Messi, Suares
O‘ynamaydi: Semedu (jarohat)
So‘roq ostida: Iniesta (jarohat)
«Chelsi»: Kurtua; Aspilikueta, Kristensen, Kexill; Mouzes, Fabregas, Kante, Alonso; Villian, Morata, Azar
O‘ynamaydi: David Luis (zayavka qilinmagan), Barkli (jarohat)
So‘roq ostida: Ryudiger (jarohat).

BEShIKTOSh – BAVARIYa
14 mart. Istanbul. «Vodafon Arena» stadioni. 23.55
Birinchi o‘yin – 0:5.

Guruh bosqichida Germaniya vakili «Leypsig»ni ikki uchrashuvda ham yenggan (2:0, 2:1) turklar «Bavariya» bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatishi kutilgandi. Ammo «qora burgutlar» nimchorak finalning birinchi o‘yinidayoq keyingi bosqichga chiqishdan umid uzishdi - Myunxendagi uchrashuvda yirik mag‘lubiyat qayd etildi (0:5).

«Beshiktosh»ning bu mag‘lubiyatini oqlaydigan jihat ham bor, o‘yin debyutidayoq Damagoy Vida qizil kartochka olgandi va jamoa kuchli raqibga qarshi bir kishi kam bo‘lib qarshilik ko‘rsata olmadi. Zarbalar nisbati 34:1.

O‘yindan keyin Shenol Gunesh shogirdlari Turkiya chempionatida «Fenerbahche»ni 2:1 hisobida yengdi, ko‘p o‘tmay bu jamoaga qarshi Kubok bahsida derbi uchrashuvi o‘tkazildi, dramatik kechgan bahsda ikki jamoadan jami 3 futbolchi chetlatildi. «Bavariya»ga qarshi o‘yin arafasida «burgutlar» Superliga o‘rtamiyonalari bo‘lgan ikki jamoaga qarshi o‘yinlarda oson g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.

«Bavariya mashinasi» bahorgi aylanishga chiqqan. Yupp Haynkess boshqaruvidagi jamoa o‘z yo‘lida chiqqanlarni yanchib o‘tmoqda. Oxirgi 4 uchrashuvda myunxenliklar 15ta gol urib, bitta ham gol o‘tkazmadi.

Bugungi o‘yinda «Bavariya» to‘liq kuch bilan harakat qilishini kutmaymiz. Asosiy tarkibning birdaniga 5 futbolchisi oxirgi mashg‘ulotlarda qatnashmadi: Levandovski, Myuller, Robben, Riberi i Alaba. Ma’lum bo‘lishicha, Robben hatto Istanbulga uchib kelmagan - murabbiy unga dam berishga qaror qilgan. Bu o‘yinga Tolisso ham zayavka qilinmagan. U «Hamburg»ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgandi. Xames Haynkessning ro‘yxatida, ammo murabbiy uni hali to‘la tuzalmagan deb hisoblab, maydonga tushirmasligi ham mumkin.

Mezbonlar safida esa diskvalifikatsiyasi bor Vidadan tashqari, jarohatlangan Pepe ham qatnashmasligi aniq. Nukan, Kavlak va To‘ra ham jarohatini davolash bilan band.


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Azar, messi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя