Главная » 2021 » Сентябрь » 29 » Messining «PSJ»dagi birinchi goli tarixiy g‘alabaga sabab bo‘ldi
08:53

Messining «PSJ»dagi birinchi goli tarixiy g‘alabaga sabab bo‘ldi


Yevropa Chempionlar Ligasining 2-turi markaziy uchrashuvida «PSJ» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qildi.

Ushbu bahsda «PSJ» o‘z tarixida birinchi marta «Siti»ni mag‘lub eta oldi. Bunga qadar jamoalar besh bor to‘qnash kelishgan va unda uch bora «shaharliklar» g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki o‘yin durang bilan yakunlangan.

E’tiborlisi, ushbu tarixiy g‘alabani ta’minlagan gollardan birini Lionel Messi kiritdi. Bu uning yangi jamoasidagi debyut goli bo‘ldi.

PSJ — Manchester Siti 2:0

Gollar: Guye (8), Messi (74).

PSJ – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Kimpembe, Mendesh, Errera, Guye (Danilu, 90), Verratti (Veynaldum, 78), Messi, Neymar, Mbappe.

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Laport, Diash, Kanselu, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Foden, 68), Sterling (Jezus, 78), Mahrez.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: messi, Tarixiy, g‘alaba, goli, PSJ | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя