Главная » 2020 » Март » 28 » “Metan zapravka”larda dezinfeksiya uchun 5000 so‘mdan olinayotganiga izoh berildi
16:41

“Metan zapravka”larda dezinfeksiya uchun 5000 so‘mdan olinayotganiga izoh berildi


O‘zbekistonda karantin rejimi e’lon qilingach, avtomobil vositalarini dezinfeksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Ana shunday vaziyatda “metan zapravka”larda mashinalar dezinfeksiya qilinmoqda va buning uchun 5000 so‘mdan olinmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri va qonuniy? 

“O‘zbekiston hududida dezinfeksiya xizmati xo‘jalik hisobida faoliyat yuritgan. Shu paytgacha aynan shunday bo‘lgan. O‘zimizning salomatligimiz uchun, mashinalarning kasallik tarqatuvchi omil bo‘lib qolmasligi maqsadida dezinfeksiya uchun haq to‘lash katta qonun buzilish emas. Dezinfeksiya ishlarining barcha xarajatlarini davlat o‘z zimmasiga olgan”, dedi ushbu masalaga to‘xtalar ekan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov. 

Ta’kidlanishicha, ushbu ishlar rasmiy dezinfeksiya stansiyasi tomonidan amalga oshirilyaptimi yoki bunday tadbirlarda soxta ishtirokchilar paydo bo‘lib qolganim, ana shu jihatlarga e’tibor qaratish lozim.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя