Главная » 2020 » Февраль » 4 » Metro qurilishida halok bo‘lganlar oilasiga oyma-oy to‘lanadigan nafaqa tayinlanishi mumkin
22:02

Metro qurilishida halok bo‘lganlar oilasiga oyma-oy to‘lanadigan nafaqa tayinlanishi mumkin


2019-yilning 18-dekabr kuni Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishida sodir bo‘lgan avariya oqibatida quruvchilar halok bo‘lgan edi.

Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan o‘rganildi. Mazkur komissiya tarkibiga Davlat mehnat inspeksiyasi vakili ham biriktirilgan, deb xabar bermoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi Shaxnoza Ravshanova.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, baxtsiz hodisaga handaq qiyalik devorini mustahkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan.

Maxsus tekshirish komissiyasi jabrlanuvchilarning qaromog‘idagi shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 ta oilaning har biriga 261 million 938 ming 888 so‘mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 million 62 ming 782 so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilagan.

Shuningdek, marhumlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etilgan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя