Главная » 2020 » Ноябрь » 2 » Metroda jetonlardan foydalanish qachon butunlay to‘xtatilishi aytildi
19:40

Metroda jetonlardan foydalanish qachon butunlay to‘xtatilishi aytildi


Avvalroq, 1 noyabrdan boshlab metroda jetonlardan foydalanish to‘xtatilishi xabar qilingandi.

“Toshkent metropoliteni” UK metro kassalarida jetonlar sotish to‘xtatilganini ma’lum qildi. Ammo jetonlarning amal qilishi butkul to‘xtatib qo‘yilmadi.

“Jetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar, shu jumladan 31 dekabr kunida ham davom etadi. Buning uchun stansiyaning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket mavjid”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, jetonlar bilan to‘lovni Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod yo‘nalishidagi stansiyalarda qabul qilinadi. Yangi “Yunusobod” va “Turkiston” stansiyalari bundan mustasno.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval avtobuslarda ham maxsus jetonlardan 2021 yil 1 yanvargacha foydalanish mumkinligi xabar qilingandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: to‘xtatilishi aytildi, foydalanish, Metroda, jetonlardan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя