Главная » 2021 » Апрель » 28 » Metrodagi holatga izoh berildi
21:05

Metrodagi holatga izoh berildi


Bugun Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida metro harakati to‘xtab qolgani xabar qilingandi. Holat bo‘yicha rasmiy izoh berildi.

Qayd etiishicha, 17:50larda Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishidagi «Milliy bog‘» va «Novza» stansiyalari oralig‘ida texnik sabablarga ko‘ra bitta harakat tarkibi to‘xtatilgan. Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilingan. Metropolitenning ushbu yo‘nalishdagi harakat davom etmoqda.

«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasining rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘ragan va vaziyatni aniqlab olish uchun ishchi guruh tezkor tashkil etilganini ma’lum qilgan.

Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e’lon qilinadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: izoh, Metrodagi, holatga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя