Главная » 2020 » Январь » 11 » MIBchilar uyingizdan nimalarni olib chiqib keta olmaydi? (ro‘yxat)
07:43

MIBchilar uyingizdan nimalarni olib chiqib keta olmaydi? (ro‘yxat)


Sizning kommunal to‘lovlar yoki boshqa xizmatlardan qarzdorligingiz bor va uyingiz ostonasiga MIBdan kelishdi. Bu holatni hech kim boshiga tushishini xohlamasa kerak. Ijrochilar qarzga mutanosib buyumni uydan olib chiqib ketishi kerak. Ammo, qonunchilikda shunday jihatlar belgilanganki, ular undiruvga qaratish mumkin emas. 

Demak, Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 apreldagi 110-sonli qaroriga binoan bir ro‘yxat belgilangan. Bunda qarzdor va uning oilasining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan, ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lmagan uy anjomlari va jihozlari, kiyimlar hamda boshqa buyumlar belgilangan. Keling ularni birma-bir keltirib o‘tsak.

Asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi hisoblangan shaxslarning:
•    yagona sigiriga, sigiri bo‘lmaganda – yagona g‘unajini, xo‘jaliklarida sigir ham, g‘unajin ham bo‘lmaganda, yagona echkisiga, qo‘yi yoki cho‘chqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovug‘i, o‘rdak, g‘oz, kurka va sesarka);
•    qoramol uchun yangi yem-xashak yig‘ib olingunga qadar yoki yaylovga chiqargunga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan bo‘lsa) yem-xashak;
•    navbatdagi ekish uchun zarur bo‘lgan urug‘lar.

Qarzdor va uning qaramog‘idagi shaxslarga tegishli ba’zi mulklar ham borki, ularga ijrochilar qo‘l tekkizishi ham mumkin emas. Ularning normal hayot kechirishi uchun zarur uy anjomlari, jihozlar, kiyimlar ro‘yxati quyidagicha:

•    har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorlik palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, po‘stin), bitta qishlik kostyum (ayollar uchun ikkita qishlik ko‘ylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostyum yoki chopon (ayollar uchun – ikkita yozlik ko‘ylak), har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyimi (bundan tashqari ayollar uchun – ikkita yozlik ro‘mol va bitta issiq ro‘mol yoki sholro‘mol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega bo‘lmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlari;


•    foydalanilgan oyoq kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy san’at qiymatiga ega bo‘lgan buyumlardan tashqari);


•    har bir shaxs uchun mebel – bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun bitta stol, bitta shkaf va bitta sandiq;

•    bolalarning barcha jihozlari.


Nogiron shaxslarda foydalanishda bo‘lgan nogironlarni reabilitatsiya qilish texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlariga nisbatan ham ijro undiruvi qaratilmasligi lozim. 

Shuningdek, qarzdorning asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi bo‘lsa, yangi hosilga qadar qarzdor va uning oilasi uchun zarur bo‘lgan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlariga ham shu qoida amal qiladi. 

Qarzdor oilasining har biri uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida oziq-ovqatlarga, ovqat tayyorlashi va isitish mavsumi mobaynida uy-joyini isitishi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i ham undiruvda “daxlsizlik” huquqiga ega. 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя