Главная » 2017 » Апрель » 2 » Milena Madmusayeva farzandli bo‘ldi
08:39

Milena Madmusayeva farzandli bo‘ldi


Opera yo‘nalishida ijod qilib, nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham e’tiborga tushishga muvaffaq bo‘lgan xonanda, “Nihol” mukofoti sovrindori Milena Madmusayeva bugun, 1 aprel kuni qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Abduhamid Xalilov xabar berdi.

Qizaloq bugun sahar soat 3:40 da Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikasida dunyoga keldi. Unga Soraxon deb ism berishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Milena Madmusayeva va Abduhamid Xalilov 2016 yil 25 aprel kuni Toshkentdagi “Versal” restoranida turmush qurishgan edi.

Fursatdan foydalanib, san’atkorlar oilasini qiz farzand bilan muborakbod etamiz.

Sumbula


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Milena Madmusayeva | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя