Главная » 2021 » Октябрь » 8 » Millatlar ligasi finalchilari ma’lum bo‘ldi
09:43

Millatlar ligasi finalchilari ma’lum bo‘ldi


Yevropa millatlar ligasining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tda. Shiddatli kechgan bahslarda futbol muxlislari haqiqiy dramaga guvoh bo‘lishdi.

Dastlabki yarim final o‘yinida Italiya va Ispaniya kuch sinashdi. Ispanlar oldiniga 2 ta gol urishganiga qaramay, keyinroq Italiya iroda namoyish etib, intrigani o‘yin so‘nggiga qadar ushlab turishdi.

  • Italiya - Ispaniya 1:2
  • Gollar: Ferran Torres, 17 (0:1). Ferran Torres, 45+2 (0:2). Lorenso Pellegrini, 83 (1:2).

Ikkinchi o‘yinda esa Belgiya va Fransiya o‘rtasidagi haqiqiy drama kuzatildi deyish mumkin. Avvaliga belgiyaliklar hisobda oldinga chiqib olishgandi. Ammo fransuzlar kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketishdi.

  • Belgiya - Fransiya - 2:3
  • Gollar: Yannik Karrasko, 37 (1:0). Romelu Lukaku, 40 (2:0). Karim Benzema, 62 (2:1). Kilian Mbappe, 69 - s penalti (2:2). Teo Ernandes, 90 (2:3).

10 oktyabr kuni Millatlar ligasining 3-o‘rin uchun bahsi va final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

10 oktyabr

3-o‘rin uchun

Italiya - Belgiya

Final

Ispaniya - Fransiya


Manba: "xabar.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: finalchilari, millatlar, ligasi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя