Главная » 2020 » Март » 21 » Milliarder Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi
23:14

Milliarder Fattoh Shodiyev fondi O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda yordam beradi


Xalqaro Shodiyev fondi (ICF) O‘zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

“Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘llab-quvvatlash dasturining birinchi bosqichi mamlakat bo‘ylab barcha keksa yoshdagilar va kam ta'minlangan oilalarni oziq-ovqat mahsulotlari va dezinfeksiya vositalari bilan ta'minlashni o‘z ichiga oladi”, deb yozadi O'zA.

Xabar qilinishicha, Xalqaro Shodiyev fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mamlakat hukumati va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining virusli infeksiya pandemiyasi sharoitida zarur qoidalarga amal qilish bo‘yicha tavsiyalarini bajarishga oid da'vatiga qo‘shiladi. 

Insonparvarlik yordami jamlanmasi ichiga o‘zbek tilidagi tavsiyalar ham joylashtiriladi.

ICF — Xalqaro Shodiyev fondi O‘zbekistondagi muhtoj aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli xayriya dasturini amalga oshirish orqali hukumatning koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Fond 1996 yilda Sharqiy Yevropa, Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda ilmiy, ijodiy va madaniy salohiyatni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

2017 yil sentyabrda Adliya vazirligi tomonidan Xalqaro Shodiyev fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ro‘yxatga olingan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя