Главная » 2020 » Январь » 13 » Milliarder: «Trampdan qutulish uchun hamma pulimni sarflayman!»
21:06

Milliarder: «Trampdan qutulish uchun hamma pulimni sarflayman!»


«RIA Novosti»ning yozishicha, AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Maykl Blumberg amerika yetakchisi Donald Trampdan qutulish uchun hamma pulini sarflashini ma’lum qildi.

Forbes.com: Maykl Blumberg dunyo boylari reytingida o‘zining 58,4 mlrd AQSh dollari bilan 9-o‘rinni egallagan.

 «Asosiy maqsadim — Donald Trampdan qutulish. Trampdan xalos bo‘lish uchun hamma pulimni sarflayman... Nimani xohlayapsiz, ko‘p pul sarflashimni yoki kam?» — deydi Blumberg «Reyter» agentligiga bergan intervyusida.

Blumberg noyabrda saylovoldi poygasiga qo‘shildi va, OAVning xabariga ko‘ra, televizion reklamaga qariyb 200 million dollar sarfladi. Blumberg Trampning faol raqiblaridan biri hisoblanadi va saylovda uni yengishini va’da bermoqda. Biroq demokratlardan yagona nomzodini ko‘rsatish uchun, birinchi navbatda, partiya ichidagi saylovda (praymeriz) ovoz beruvchilar, keyin esa iyulda partiya kengashi vakillarining aksariyati qo‘llab-quvvatlashi zarur. Hozir bu masalada Blumberg partiyadoshlari orasida beshinchi o‘rinda bormoqda. Bu borada yetakchi Jo Baydendan qariyb 20 foiz orqada qolmoqda.

AQSh prezidentligiga saylovlar 2020-yil 3-noyabrda o‘tkaziladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя