Главная » 2020 » Февраль » 26 » Milliarder Uorren Baffet dunyodagi eng yaxshi biznes nomini aytdi
08:19

Milliarder Uorren Baffet dunyodagi eng yaxshi biznes nomini aytdi


Milliarder va Berkshire Hathaway bosh direktori Uorren Baffet CNBC telekanaliga bergan intervyusida Apple’ni dunyodagi eng yaxshi biznes, deb atadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kompaniyani nafaqat Berkshire Hathaway’ga tegishli (taxminan 5,5 foiz) aksiyalar sifatida, balki xususiy biznes sifatida ham ko‘radi. “U aql bovar qilmaydigan kompaniya. Men unga avvalroq baho berishim kerak edi”, — degan u.

Investor o‘zining Samsung telefonini yaqinda iPhone’ning so‘nggi modeliga almashtirganini tan olgan. Baffetning ta’kidlashicha, yaqinda unga bir nechta smartfonlar sovg‘a qilishgan bo‘lib, ulardan biri Apple rahbari Tim Kukdan edi. Shu bilan birga, milliarder aksariyat odamlar kabi gadjetning barcha xususiyatlaridan foydalanmasligini, ko‘pincha shunchaki qo‘ng‘iroq qilish uchungina foydalanishini aytgan.

Baffet, shuningdek, Xitoyda yangi turdagi koronavirusning tarqalishini izohlab, bu investorlar qarorlariga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. “Bu sizning aksiyalar bilan qilayotgan ishingizga ta’sir qilishi kerak deb o‘ylamayman, ammo insoniyat nuqtayi nazaridan bu dahshatli narsadir”, — deya ta’kidlagan u.

Virusning Berkshire Hathaway’ga ta’siri haqida to‘xtalar ekan, milliarder sodir bo‘layotgan voqealar kompaniyaga ta’sir qilmasligi kerakligini aytgan. “Biz biznesni 20 yoki 30 yil davomida egalik qilish uchun sotib olamiz, 20 va 30 yillik prognoz koronavirus tufayli o‘zgarmadi, deb o‘ylaymiz”, — deya qo‘shimcha qilgan Baffet.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя